Ruminiyada filmlardagidek YTH sodir bo‘ldi

Ruminiyada filmlardagidek YTH sodir bo‘ldi
  • 4
  • 06.12.2025 13:06:00
  • 1 min read

Ruminiyada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi odamlarni lol qoldirdi. Katta tezlikda kelgan avtomobil to‘siqqa urilishi bilan havoga ko‘tarilib, qarama-qarshi yo‘ldagi mashinalar ustidan “uchib” o‘tdi. Hodisa atrofdagi kameralarga qayd etilgan, kadrlar esa internetda rekord tezlikda tarqalmoqda. 55 yoshli haydovchi jismoniy holati yomonligi sababli mashinani boshqaruvni yo‘qotgan. Mahalliy OAV xabar berishicha, u jiddiy jarohat olmagan. Kadrlarni ko‘rganlar hodisani “Gollivud filmidan parcha” deya tasvirlamoqda. Haqiqatan ham, avtomobilning sakrab uchishi tomoshabinlarda real hayotmi yoki kino sahnasimi, degan savolni uyg‘otadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News