
- 0
- 10.01.2026 09:01:00
- 1 min read
6-yanvar kuni Malayziyada mototsiklchi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, avtomobil bilan to‘qnashdi. To‘qnashuvdan so‘ng haydovchi “kapot” ustida, xuddi uxlashga yotgandek yotib qoldi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu kulgili, lekin xavfli holat edi. Mototsiklchi olgan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan. Avtomobil haydovchisi esa jabrlanmadi. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.