
- 0
- 21.11.2025 09:47:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning keliniga tuhmat qilib, haqoratlayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda ayol kelinning ovqatiga ataylab tupurgani, ovqatni stol bo‘ylab sochib, buni kameraga olayotgani ko‘rinadi. U mazkur videoni kelinning ota-onasiga yuborib, uni tarbiyasizlikda ayblagan.
Shuningdek, videoda kelinni haqorat qilayotgan qaynonaning yonida o‘g‘li jim o‘tirgani va onasiga qo‘shilib kelinning ustidan kulayotganini ko‘rish mumkin.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari kelinni himoya qilish choralarini ko‘rish va tegishli idoralar e’tibor qaratishini talab qilmoqda.