
- 1
- 27.01.2026 09:23:00
- 1 min read
Toshkent shahridagi bir nechta masjidda imomlik qilgan va “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi bo‘lgan Odilxon qori Ismoilovga nisbatan ikki jinoyat ishi bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanildi. U birinchi ish bo‘yicha talon-toroj qilish, soxta tadbirkorlik, mansab soxtakorligi, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Ikkinchi ish doirasida esa Odilxon qori va yana 5 kishi iqtisodiy jinoyatlar, soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash va hujjatlarni qalbakilashtirish bilan ayblanmoqda.
Sud qaroriga ko‘ra, Odilxon qori va yana 4 kishi qamoqqa olingan, 1 kishi esa garovga qo‘yilgan. Jinoyat ishlari 2025-yildan beri Pop tuman sudida ko‘rib kelinmoqda, navbatdagi sud majlisi 28-yanvarga belgilangan.
Odilxon qori 1977-yilda Namanganda tug‘ilgan va Toshkentdagi bir nechta masjidlarda imom xatib bo‘lgan, shuningdek, “Vaqf” xayriya jamoat fondida rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan.