
- 0
- 27.12.2025 15:37:00
- 1 min read
Yaponiyaning Gunma prefekturasida 50 dan ziyod avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida bir kishi vafot etdi, 26 nafardan ortiq odam jarohat oldi. Halokat Minakami shahri yaqinidagi Kanetsu tezyurar yo‘lida yuz bergan. Dastlab katta yuk mashinasi qalin qor sabab sirpanib to‘xtab qolgan, ortidan kelayotgan avtomobillar unga urilib ketgan. To‘qnashuv oqibatida kamida 10 ta mashina yonib ketgan. Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs keksa ayol bo‘lib, 5 nafar jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sabab tezyurar yo‘lning ayrim qismlarida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.