
- 0
- 31.03.2026 13:13:00
- 1 min read
O‘zbekistonga 2025-yil davomida 1 159 kishi chet eldan doimiy yashash uchun ko‘chib keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chib kelganlarning eng katta ulushi 39,9 foiz bilan Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, Qozog‘istondan 20,3 foiz, Tojikiston Respublikasidan 10,3 foiz, Qirg‘iz Respublikasidan 4,3 foiz hamda Turkmanistondan 3,1 foiz odam O‘zbekistonga muqim yashash uchun kelgan. Qolgan 22,1 foiz esa boshqa davlatlardan kelgan fuqarolardir. Shuningdek, 698 nafar fuqaro Toshkentga, 275 nafari esa, Toshkent viloyatiga joylashgan. Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar nisbatan pastroq.