
- 2
- 20.01.2026 12:38:00
- 1 min read
Moldova Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dan to‘liq chiqishi bo‘yicha jarayonni boshladi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Mihay Popshoy ma’lum qildi.
Vazirlik MDHni ta’sis etgan uchta asosiy hujjatni — 1991–1993 yillarda imzolangan bitim va nizomlarni denonsatsiya qilish ustida ishlamoqda. Ushbu hujjatlar bekor qilinsa, Moldova rasman MDH a’zoligidan chiqadi. Popshoyga ko‘ra, hukumat darajasidagi jarayonlar fevral o‘rtalariga qadar yakunlanadi, shundan so‘ng masala parlamentda ko‘rib chiqiladi. Qonun chiqaruvchi organ ma’qullab, prezident tasdiqlaganidan keyin chiqish kuchga kiradi.
Moldova MDH bilan 283 ta kelishuv imzolagan bo‘lib, ularning 71 tasi bekor qilingan, qariyb 60 tasi bekor qilish bosqichida. Kishinyov 2022-yil fevralidan MDH bilan kelishuvlarni bosqichma-bosqich to‘xtatishni boshlagan.