Mujtabo Xomanaiy qasos olishga va’da berdi

Mujtabo Xomanaiy qasos olishga va’da berdi
  • 0
  • 10.04.2026 17:54:00
  • 1 min read

Eron rahbari Mujtabo Xomanaiy mamlakat AQSH va Isroil bilan mojaroda ustunlikka erishganini aytib, halok bo‘lganlar, jumladan otasi uchun qasos olinishi qat’iy ekanini bildirdi.
U Eron urushni istamasligini, biroq o‘z huquqlaridan voz kechmasligini va Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat davom etishini ta’kidladi. Shuningdek, AQSH va Isroildan yetkazilgan zarar uchun tovon talab qilinishini aytdi.

Bayonot AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan vaqtinchalik sulhga erishilganini ma’lum qilgan paytga to‘g‘ri keldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, ushbu kelishuvda Mujtabo Xomanaiyning roli muhim bo‘lgan. Shu bilan birga, Eron Isroilni sulhga amal qilmaslikda aybladi. Bayrutga uyushtirilgan aviahujumlar ortidan mintaqadagi keskinlik yana kuchaygan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News