Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizoni hal qilishda Mirziyoyevning roli katta bo‘lgani aytildi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizoni hal qilishda Mirziyoyevning roli katta bo‘lgani aytildi
  • 3
  • 07.01.2026 16:59:00
  • 1 min read

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mahalliy “Region TV”da namoyish etilayotgan “Prezident” nomli hujjatli filmning 2-qismida Tojikiston bilan chegara nizosi 2021–2022 yillarda qanday hal qilingani va unda Shavkat Mirziyoyevning roli katta bo‘lgani haqida gapirdi. U 2021-yil aprelida yuzaga kelgan nizodan keyin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazganini, ammo dastlab 10 soat davom etgan muzokaralar samarasiz bo‘lganini, keyin esa Mirziyoyev Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarini “fursatni boy bermasdan kelishuvga borishga” ishontirganini aytdi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ham Mirziyoyevni Markaziy Osiyo davlatlarini yaqinlashtiruvchi yetakchilardan biri sifatida e’tirof etdi. 
“Qirg‘izlar va tojiklar kelishsin, chegara nizolarini to‘xtating. Agar nizolar davom etsa, bizga hech qanday investor va turist kelmaydi. “iston” degan so‘z hammamizda bor, ular tushunmaydi Qirg‘izistonmi, Tojikistonmi, O‘zbekistonmi yoki Qozog‘iston. ‘Iston’ degandan so‘ng bizga hech kim kelmaydi, sizlar bunday yaqinlashishingiz kerak”.– deydi vazir.

2021-yil aprel va 2022-yil sentabrda Tojikiston va Qirg‘iziston chegaraida suvdan foydalanish bo‘yicha nizolar harbiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan, natijada o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. 2025-yil mart oyida Japarov va Rahmon chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishib, imzo chekkan. Keyinchalik Xo‘jandda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari ishtirokida “Do‘stlik” stelasi tantanali ochilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News