Turkiyada harbiy samolyot avtomobil yo‘liga qulab tushdi

Turkiyada harbiy samolyot avtomobil yo‘liga qulab tushdi
  • 1
  • 25.02.2026 11:37:00
  • 1 min read

25-fevralga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy F-16 qiruvchi samolyoti avtomobil yo‘liga qulab tushdi, natijada uchuvchi halok bo‘ldi. Balikesirdagi 9-asosiy reaktiv aviabazadan ko‘tarilgan samolyot tungi soat 00:56 da Izmir–Istanbul shosse hududiga qulagan. Hodisa joyida kuchli yong‘in sodir bo‘lgan, samolyot qoldiqlari yuzlab metrga sochilgan.
Hozirda hodisa sabablari maxsus komissiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News