
- 0
- 24.03.2026 13:28:00
- 1 min read
Kolumbiyada bortida 125 kishi bo‘lgan C-130 Hercules harbiy-transport samolyoti qulab tushdi. Samolyot Puerto-Legisamo shahridan havoga ko‘tarilgach, taxminan 2 km masofada halokatga uchragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda 114 yo‘lovchi va 11 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida kamida 66 kishi halok bo‘lgan, bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Halokat sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.