
- 0
- 03.01.2026 13:36:00
- 1 min read
Meksikaning janubi-g‘arbiy Gerrero shtatida 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari poytaxt Mexiko shahrida ham sezilib, favqulodda ogohlantirish signali ishga tushdi. Zilzila vaqtida Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum o‘tkazayotgan matbuot anjumani xavfsizlik sababli vaqtincha to‘xtatildi. Prezident va jurnalistlar binoni tartibli ravishda tark etdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha qurbonlar va jiddiy vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan. Vaziyat nazorat ostida.