Toshkentda metro va avtobuslarda yo‘l haqi oshiriladi

Toshkentda metro va avtobuslarda yo‘l haqi oshiriladi
  • 8
  • 28.09.2026 11:27:00
  • 1 min read

1-oktabrdan Toshkent shahrida metro va avtobuslarda yo‘l haqi oshiriladi. Kartadan yoki onlayn to‘lov qilganda yo‘l haqi 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mga ko‘tariladi. Naqd pulda to‘lov qilish narxi esa o‘zgarmaydi — 3 000 so‘m bo‘lib qoladi.
ATTO kartasi orqali avtobusdan foydalanib, bir soat ichida boshqa yo‘nalishga o‘tilsa, ikkinchi safar uchun 1 500 so‘m to‘lanadi. Shu vaqt ichidagi uchinchi va to‘rtinchi avtobus qatnovlari bepul bo‘ladi.
Shuningdek, avtobus uchun bir kunlik tarif 11 500 so‘m, 30 kunlik tarif 250 ming so‘m etib belgilandi. Metroda esa kunlik tarif 13 500 so‘m, oylik tarif 345 ming so‘mni tashkil etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News