Metan zapravkalar faoliyatiga yana vaqtincha cheklov kiritildi

Metan zapravkalar faoliyatiga yana vaqtincha cheklov kiritildi
  • 0
  • 20.01.2026 08:37:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi sababli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sovuq ob-havo tufayli tabiiy gazga talab oshib, ayrim hududlarda gaz bosimi pasaymoqda. Shu bois aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini birinchi navbatda gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklangan. Vaziyat barqarorlashgach, cheklovlar bekor qilinadi. Ijtimoiy soha obyektlari va jamoat transporti uchun gaz ta’minoti esa cheklovsiz va barqaror tarzda davom ettiriladi. Hududlardagi holatga qarab qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News