Meta bolalar xavfsizligiga rioya qilmagani sabab jarimaga tortildi

Meta bolalar xavfsizligiga rioya qilmagani sabab jarimaga tortildi
  • 0
  • 26.03.2026 13:32:00
  • 1 min read

Meta o‘z platformalarida bolalarning shahvoniy mazmundagi materiallar va pedofillar bilan to‘qnash kelishiga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topilib, 375 mln dollar jarimaga tortildi. Ma’lum bo‘lishicha, AQSH shtatlaridan biri Meta kompaniyasini bolalar xavfsizligi masalasida sudga bergan. Yetti hafta davom etgan sud jarayonida, Facebook, Instagram va WhatsApp egasi bo‘lgan Meta kompaniyasining bolalar xavfsizligi borasida foydalanuvchilarni aldaganligi tasdiqlandi. Meta’ning sobiq muhandislik rahbari Arturo Bejarning aytishicha, platforma algoritmlari voyaga yetmaganlarga jinsiy mazmundagi kontentni taklif qilgan. Hatto Bejarning o‘z qiziga ham Instagram’da notanish shaxs tomonidan jinsiy aloqa taklif qilingan. Shuningdek, Meta’ning ichki tadqiqotlariga ko‘ra, Instagram foydalanuvchilarining 16 foizi bir hafta ichida istalmagan “ochiq” kadrlar yoki jinsiy aloqa aks etgan kontentni ko‘rganini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News