Go‘shtli qatlama patir🥰

Go‘shtli qatlama patir🥰
  • 13
  • 18.05.2026 15:36:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
500 gr un
150 ml suv
100 ml sut
100 gr qatiq
1 choy qoshiq tuz
10 gr razrixlitel
500 gr mol go‘shti qiymasi
1 dona piyoz
biroz petrushka
qora murch
100 g sariyog‘
50 ml o‘simlik yog‘i

Tayyorlanishi:
Idishga un, suv, sut, qatiq, razrixlitel va tuz solinib xamir tayyorlab olinadi. Tayyor bo‘lgan xamir to‘rt bo‘lakka bo‘linib, 15 daqiqaga tindirib qo‘yiladi. Qiymasi uchun maydalab to‘g‘ralgan piyoz, mol go‘shti qiymasi, Petrushka va qora murch yaxshilab aralashtirilib olinadi. So‘ng tindirilgan xamirlar, bir xil o‘lchamda yoyib chiqiladi. Eritilgan sariyog‘ga o‘simlik yog‘i qo‘shilib, har bir qatlam orasiga avval yog‘, keyin qiyma surtib chiqilib, ustma-ust tahlandi. Keyin, shu holatda 10 daqiqa qoldiriladi. Xamir patnisga olinib, birt tekisda qo‘l bilan yasab chiqiladi. Ustiga 1 dona tuxum sarig‘i surtiladi. Qatlam patir 190°C da qizdirilga pechda usti chiroyli qizarguncha pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News