
- 13
- 10.01.2023 09:24:00
- 1 min read
Qarshi somsasi – o‘zbek oshxonasining o‘ziga xos taomlaridan biridir. Somsani har xil shaklda tayyorlash mumkin. Qiyma yoki mayda qilib to‘g‘ralgan mol go‘shtidan tayyorlanadi. Qovoq, ismaloq, kartoshka va tovuq bilan tayyorlasa ham mazasi ajoyib bo‘ladi.
Somsa ham xuddi non kabi maxsus loydan yasalgan tandirda pishiriladi. Ushbu turdagi tandirlar un mahsulotlariga barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolgan holda o‘ziga xos ta’m beradi.