912 marta qoida buzgan Matiz jarima maydonchasiga olib ketildi

912 marta qoida buzgan Matiz jarima maydonchasiga olib ketildi
  • 0
  • 18.05.2026 10:50:00
  • 1 min read

Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini muntazam buzib kelgan Matiz haydovchisining avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi 2024-yil aprelidan buyon yo‘l qoidalarini bir necha bor qo‘pol ravishda buzgan. Natijada unga nisbatan jami 912 ta jarima rasmiylashtirilgan va 311 million so‘mdan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan.
Jarimalar uzoq vaqt to‘lanmagani sabab avtomobil qidiruvga berilgan. Tezkor tadbirlar davomida Matiz aniqlanib, 15-may kuni jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News