Matilda shirinligi🍰🥰

Matilda shirinligi🍰🥰
  • 5
  • 29.07.2026 11:55:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
320 gr un
600 gr shakar
135 gr shakarsiz kakao kukuni
1 osh qoshiq ichimlik sodasi
6 gr razrixlitel
9 gr tuz
3 dona tuxum
13 gr vanilin
360 gr qatiq
165 gr o‘simlik yog‘i
360 gr issiq qahva

Shokoladli kremi uchun:
255 gr shokolad
20 gr sariyog‘
240 gr suyuq qaymoq
1 choy qoshiq vanillin
bir chimdim tuz

Tayyorlanishi:
Birinchi barcha quruq masalliqlar aralashtiriladi. Keyin tuxum, vanilin, qatiq va yog‘ni qo‘shiladi. Oxirida, issiq qahva solinib yana yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyor bo‘lgan xamirni qopqoqli tova yoki qozonga quyilib, eng past olovda 45–60 daqiqa pishiriladi. Kremi uchun qaymoq biroz qizdirilib, ustidan shokolad solinadi. 2 daqiqadan so‘ng, yaxshilab aralashtirilib, sariyog‘ va qolgan masalliqlar qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan krem, tort ustidan quyilib, bir soatga muzlatgichga jo‘natiladi. Mazali matilda shirinligimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha😍
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News