100 ta maktabda matematika, informatika va tabiiy fanlar ingliz tilida o‘qitiladi

100 ta maktabda matematika, informatika va tabiiy fanlar ingliz tilida o‘qitiladi
  • 7
  • 30.09.2026 16:43:00
  • 1 min read

Yangi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilarning maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. 4-sinf olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga kompyuter beriladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika bosqichi uchun 100 million so‘mdan mukofot beriladi.
O‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi. Maktablar pedagoglar salohiyati hamda o‘quvchilarning natijalariga qarab toifalarga ajratiladi. Ilg‘or maktab boshqa maktablarni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasiga 30 foiz ustama beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News