Tug‘ruq nafaqalari ijtimoiy yordam emas, balki sug‘urta to‘lovidir

Tug‘ruq nafaqalari ijtimoiy yordam emas, balki sug‘urta to‘lovidir
  • 0
  • 10.01.2026 16:32:00
  • 1 min read

2025-yil 9-dekabrda “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan, tug‘ruq nafaqalarini to‘lash tartibi ham yangilandi. Yangi nizom doirasida sug‘urta muddatiga qarab tabaqalashtirilgan to‘lovlar belgilandi. Agar, 10 oydan 24 oygacha – o‘rtacha daromadning 75%, 25 oydan 60 oygacha – 85%, 61 oy yoki undan ko‘proq muddat uchun daromadning 100%i. Minimal nafaqa miqdori o‘rtacha daromadning kamida 75% ni tashkil qiladi. Yangi qoidalar Mehnat kodeksiga zid emas va sug‘urta tizimini yaxshilashga qaratilgan. Tug‘ruq nafaqalari endi ijtimoiy yordam emas, balki sug‘urta to‘lovlari sifatida taqdim etiladi. Bu o‘zgarishlar ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, rasmiy ish bilan bandlikni rag‘batlantiradi. Yangi protsedura xalqaro amaliyotga mos keladi, bunda tug‘ruq nafaqasi olish uchun kamida 10-12 oylik sug‘urta yoki ish tajribasi talab qilinadi, bu esa suiiste’molliklarni oldini olishga yordam beradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News