
- 0
- 17.04.2026 17:45:00
- 1 min read
Dog‘istonda kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlaridan so‘ng yirik ko‘chkilar sodir bo‘ldi. Tog‘li hududlarda yer siljishi natijasida uylar vayron bo‘lmoqda, yo‘l va ko‘priklar zarar ko‘rgan. 16-aprel kuni hududda keng ko‘lamli qutqaruv ishlari qayta boshlandi.
Hozirda qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda, zarar ko‘rgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rilmoqda.