Mahr sabab to‘xtagan nikoh reklama bo‘lib chiqdi

Mahr sabab to‘xtagan nikoh reklama bo‘lib chiqdi
  • 0
  • 09.02.2026 16:36:00
  • 1 min read

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda nikoh marosimida kelin mahr sifatida mashina so‘ragani sabab kuyovning marosimni to‘xtatib chiqib ketgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ayrimlar kelinning talabini haddan tashqari yuqori deb baholagan bo‘lsa, boshqalar kuyovning harakatini mas’uliyatdan qochish sifatida tanqid qilgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, odamlar orasida shuncha bahs-munozaraga sabab bo‘lgan ushbu video avtomobil reklamasi uchun uyushtirilgan. Shunga qaramay, video bugungi kunda jamiyatda dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri — mahr sabab yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar qanchalik keng tarqalayotganini ko‘rsatib berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News