Turmush qurish saraton xavfini kamaytiradi – tadqiqot

Turmush qurish saraton xavfini kamaytiradi – tadqiqot
  • 2
  • 16.04.2026 17:19:00
  • 1 min read

AQSHda o‘tkazilgan yirik tadqiqotga ko‘ra, hech qachon turmush qurmagan insonlarda saraton kasalligiga chalinish ehtimoli oilalilarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Bu haqdagi tadqiqot natijalari “Cancer Research Communications” (CRC) jurnalida e’lon qilindi.

Tahlillarda bo‘ydoq erkaklarda saraton 68 foiz, ayollarda esa 85 foiz ko‘proq qayd etilgani aniqlangan.
Shu bilan birga, olimlar nikohning o‘zi bevosita himoya qilmaydi, balki bu farq turmush tarzi, stress, zararli odatlar va muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Ba’zi saraton turlarida farq ancha sezilarli, ayrimlarida esa deyarli yo‘q. Tadqiqot yakuniy sabab-oqibatni isbotlamaydi, faqat bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News