Mark Ruffalo Trampni “dunyodagi eng yomon odam” deb atadi

Mark Ruffalo Trampni “dunyodagi eng yomon odam” deb atadi
  • 0
  • 13.01.2026 16:40:00
  • 1 min read

2026-yilgi “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimida bizga asosan “Xalk” roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Mark Ruffalo qizil yo‘lakda bergan intervyusida AQSH prezidenti Donald Tramp siyosatini tanqid qilib, uni “pedofil va dunyodagi eng yomon odam” deb atadi. Ruffaloning kostyumidagi “Be good” yozuvli nishon ham e’tiborni tortdi. Ushbu nishonni marosimda bir qancha aktyor va mashhurlar ham taqqan bo‘lib, u AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) faoliyatiga qarshi norozilik ramzi sifatida baholanmoqda. Chunki, ayni damda AQSHda Immigratsiya reydida amerikalik Rene Nikol Gudning otib o‘ldirilishiortidan boshlangan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News