
- 0
- 21.01.2026 09:28:00
- 1 min read
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyning X’dagi rasmiy sahifasida “Grenlandiya — AQSH hududi. 2026 yilda asos solingan” degan yozuv tushirilgan tasvirni e’lon qildi. Rasmda Tramp, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens va Davlat kotibi Marko Rubio aks etgan. Unda Tramp AQSH bayrog‘ini ushlab turgani tasvirlangan. Shuningdek, u e’lon qilgan suratlardan birida Tramp Oq uydagi kabinetga o‘xshash joyda ushbu hududlar AQSH ranglariga bo‘yalgan xaritani Yevropa yetakchilariga namoyish etayotgandek tasvirlangan.
Mazkur tasvirlar Trampning avvalroq Kanadani AQSHning 51-shtati bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotlari va Grenlandiya bo‘yicha da’volari fonida e’lon qilindi. Bahslar fonida Tramp Grenlandiya masalasida qarshi pozitsiya bildirgan ayrim Yevropa davlatlariga bojxona bojlari joriy etilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, 1-fevraldan 10 foiz, 1-iyundan esa 25 foiz boj undiriladi.
