Mushuklarni qiynab o‘ldirgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Mushuklarni qiynab o‘ldirgan erkak 15 sutkaga qamaldi
  • 0
  • 27.03.2026 16:48:00
  • 1 min read

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida mushuklarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan 33 yoshli shaxs 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud, shuningdek, o‘ziga biriktirilgan quroldan foydalanish qoidalarini buzgan 30 yoshli shaxsni 10 sutkaga qamashga qaror qilgan.
IIBB hayvonlarga shafqatsiz munosabat takror sodir bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilishini eslatdi va jamiyatda bunday holatlarga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News