Xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamagan erkak 3 yilga qamaldi

Xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamagan erkak 3 yilga qamaldi
  • 0
  • 15.01.2026 13:54:00
  • 1 min read

Toshkentning Yashnobod tumanida 41 yoshli sobiq harbiy xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Sud aniqlashicha, erkak 2025-yil 26-iyul kuni turmush o‘rtog‘ini Samarqanddagi qarindoshlarining to‘yiga yubormaslik maqsadida ko‘p qavatli uy yerto‘lasiga qamab qo‘ygan. Ayol bir sutka davomida qorong‘i va nam joyda suv hamda yeguliksiz saqlangan. Bundan tashqari, erkak keyinroq uni yana kaltaklab, tan jarohati yetkazgan. Sud erkakni noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish va oilaviy zo‘ravonlikda aybli deb topdi. U sud zalining o‘zida qamoqqa olinib, jazoni manzil-koloniyada o‘tashi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News