
- 0
- 25.02.2026 10:55:00
- 1 min read
AQShning Ogayo shtatida transport nazoratidan qochgan erkak chiqindi idishida topildi. Politsiya mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganida haydovchi avtomobildan tushib qochib ketgan va chiqindi idishiga yashiringan. Politsiya uni darhol qidirishga tushdi va chiqindilarni yig‘ayotgan ishchi gumonlanuvchini topib, politsiyachiga ishora qildi. Erkak yana qochishga harakat qilgan, biroq politsiya uni qo‘lga olgan.