
- 0
- 14.01.2026 10:19:00
- 1 min read
Avvalroq, O‘zbekistonlik fuqaroning Tramp ustidan IIBBga shikoyat qilgan audioasi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. U Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga mast holda qo‘ng‘iroq qilib, AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irladi deya xabar bergan. Shuningdek, u o‘zi Oq uyda yashayotganini aytgan.
Bektemir tumani jinoyat ishlari sudi uning harakatlarini maxsus xizmatlarni asossiz chaqirish va jamoat tartibini buzish sifatida baholab, qonuniy talablarni bajarmaganini aniqladi. Sudda erkak mast bo‘lganini va qilgan ishining mazmunini eslamasligini tan oldi. U 199-moddaga binoan aybdor deb topilib, BHMning 3 baravari (1,23 mln so‘m) miqdorida jarima belgilandi.