
- 0
- 05.05.2026 10:29:00
- 1 min read
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida aliment sabab turmush o‘rtog‘i va 2 yoshli qizini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.
Ma’lum qilinishicha, u 2025-yil 3-noyabr kuni spirtli ichimlik ta’sirida qaynotasining uyiga borib, aliment masalasidagi mojaro sabab xotiniga oshxona pichog‘i bilan bir necha bor zarba bergan. Shundan so‘ng u 2023-yilda tug‘ilgan qiziga ham hujum qilgan. Oqibatda bola voqea joyida, ayol esa shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. Jinoyatchi hodisa joyidan qochib ketgan. Erkakning alimentdan qarzi 10 mln so‘m bo‘lgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.