Trampga suiqasd qilishga uringan erkak umrbod qamoqqa hukm qilindi

Trampga suiqasd qilishga uringan erkak umrbod qamoqqa hukm qilindi
  • 0
  • 05.02.2026 10:06:00
  • 1 min read

AQSH prezidenti Donald Trampga 2024-yilda Florida shtatidagi golf klubida suiqasd qilishga uringan 59 yoshli Rayan Raut umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Hodisa vaqtida AQSH Maxfiy xizmati xodimi butalar orasidan miltiqni payqab, o‘q uzgan. Shundan so‘ng Raut qochishga uringan, biroq yaqin hududda qo‘lga olingan. Sudya Eylin Kennon Rautning harakatlari “umrbod qamoq jazosiga to‘liq loyiq” ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi bir necha oy davomida suiqasdni rejalashtirgan va hozirgacha pushaymonlik bildirmagan. 
Hodisa Trampga qarshi 2024-yilda qayd etilgan ikkinchi suiqasdga urinish bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News