
- 5
- 25.10.2025 11:01:00
- 1 min read
Toshkentdagi mehmonxona oldidagi mushtlashuvda 30 yoshli Akmal Shukurov tanishini himoya qilmoqchi bo‘lgan shaxsga kuchli zarba berib, uni komaga tushirdi. Jabrlanuvchi Boris og‘ir jarohat olib, deyarli bir oy komada qolgan. Akmal Shukurov voqea joyidan qochgan, ammo Qozog‘istonda qo‘lga olingan. Sud Akmalni og‘ir tan jarohati, firibgarlik va bezorilikda aybli deb topib, 8 yil 1 oyga umumiy tartibli koloniyada qamoq jazosi tayinladi. Hujum 16-martga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Avakyan qizni tajovuzkor erkakdan himoya qilishga uringan va boshidan ogʻir jarohatlar olgan. U komaga tushib, aprel oyining boshlaridagina undan chiqdi.