
- 0
- 24.06.2026 10:22:00
- 1 min read
Dushanbeda kuchli yomg‘ir paytida 12 yoshli bola ariqdagi kuchli suv oqimiga tushib ketdi. U to‘pini olishga urinayotgan paytda tasodifan suvga yiqilgan. Voqeani ko‘rgan bir erkak darhol yordamga shoshilib, bolani oqimdan qutqarib oldi. Hodisa kuzatuv kameralariga ham yozib olingan.
Keyinchalik Ichki ishlar vazirligi erkakni jasorati va tezkor harakati uchun “Jasorat” medali bilan taqdirladi.