Jizzaxda alimentdan qarzi bo‘lgan erkak balkondan topildi

Jizzaxda alimentdan qarzi bo‘lgan erkak balkondan topildi
  • 0
  • 19.12.2025 14:55:00
  • 1 min read

Majburiy ijro byurosi (MIB) Jizzax viloyati boshqarmasi xabariga ko‘ra, Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan aliment to‘lovlarini bajarmagani sababli fuqaro M.X.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Tezkor tadbirlar davomida u Forish tumanida, shar’iy nikohdagi ayoliga tegishli ko‘p qavatli uyning balkonida yashiringan holatda topildi. Ma’lum bo‘lishicha, erkakning aliment qarzi 43 million so‘mdan oshgan. Qarzdor belgilangan tartibda davlat ijrochisiga topshirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News