
- 0
- 22.04.2026 10:27:00
- 1 min read
Meksikaning Teotiukan piramidalari yaqinida qurollangan erkak tomonidan otishma sodir etildi. Hodisa oqibatida Kanada fuqarosi halok bo‘lgan. Keyinchalik hujum qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan.
Shuningdek, voqea davomida 13 nafar turist turli darajada jarohat olgan. Yaradorlar orasida Kolumbiya, AQSH, Rossiya, Braziliya va Kanada fuqarolari bor. Hodisa tafsiloti va sabablari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.