
- 0
- 08.01.2026 14:14:00
- 1 min read
Avvalroq Toshkentda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak ushlangani haqida xabar bergandik. Aniqlanishicha, ushbu erkak Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida xor san’atkori bo‘lib, 6-yanvar kuni u Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida mast holatda ayolga shahvoniy shilqimlik va mayda bezorilik qilgan. Jabrlanuvchi IIO FMB tomonidan himoya orderi olingan.
Sud qaroriga ko‘ra, ushbu erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq va jarima jazosi tayinlandi.