
- 0
- 21.01.2026 14:58:00
- 1 min read
Yaponiyada erkak yillik bonus miqdoridan norozi bo‘lgani uchun xo‘jayinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda The Japan Times xabar berdi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 45 yoshli Masahiro Yamanaka savdo menejeri bo‘lib ishlagan. U so‘roq paytida jinoyatni tan olib, ish beruvchisi Akihiro Kavashima bilan munosabatlari, xususan bonus masalasidan norozi bo‘lganini aytgan. Tergovga ko‘ra, Yamanaka jabrlanuvchining kvartirasiga kirib, avval yuziga insektitsid sepgan, so‘ng soni va bo‘yniga bir necha bor pichoq urgan. Holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.