Hindistonda boshiga machete sanchilgan erkak o‘zi shifoxonaga kirib bordi

Hindistonda boshiga machete sanchilgan erkak o‘zi shifoxonaga kirib bordi
  • 0
  • 08.05.2026 10:17:00
  • 1 min read

Hindistonning Mumbay shahrida boshiga machete sanchilgan erkakning xotirjam holda shifoxonada turgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
27 yoshli erkak 2-may kuni hujumga uchrab, boshiga machete sanchilgan. Tekshiruvlar davomida pichoq miyaga qariyb 4 santimetr kirib borgani aniqlangan. Shunga qaramay, erkakning nutqi va harakatlanish qobiliyatiga jiddiy zarar yetmagan. Shifokorlar murakkab operatsiya orqali macheteni muvaffaqiyatli olib tashlagan.
Hozirda erkak reanimatsiya bo‘limida nazorat ostida bo‘lib, ahvoli barqaror ekani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan uch nafar gumondor qo‘lga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News