
- 4
- 25.10.2025 10:56:00
- 1 min read
Xitoyning Taychjou shahrida avtomobil daryoga quladi. 40 yoshli Di Shuancheng voqeani ko‘rib, bir zum ham ikkilanmay suvga sakradi. U tosh yordamida mashinaning oynasini sindirib, haydovchini cho‘kishdan qutqarib qoldi. Erkakning bu jasorati Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalib, ko‘plab foydalanuvchilar uni haqiqiy qahramon deb atamoqda.