
- 1
- 26.01.2026 10:06:00
- 1 min read
Olmaotada 34 yoshli erkak jamoat joylarida elektroshokerni yoqib, uni turli buyumlarga urib atrofdagilarda qo‘rquv uyg‘otgan. U hech kimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikast yetkazmagan, ammo politsiya bu harakatlarni jamoat tartibini buzish deb baholadi.
Erkak mayda bezorilik va maxsus vositalardan noqonuniy foydalanish moddasi bilan javobgarlikka tortilib, 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi olgan. Politsiya ogohlantirishicha, jamoat joylarida elektroshokerni namoyish qilish ham vahima va xavotir uyg‘otishi mumkin va bunday harakatlar javobsiz qolmaydi. Fuqarolardan odob-axloq qoidalariga rioya qilish va xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yish so‘ralmoqda.