
- 0
- 14.03.2026 21:35:00
- 1 min read
Turkiyada iftor uchun non olib uyiga qaytayotgan 47 yoshli erkakni yuk mashinasi urib yubordi. Zarba oqibatida erkak yaqin atrofdagi bino devoriga qisilib, og‘ir jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.Guvohlarning aytishicha, hodisa yo‘lning qiya qismida sodir bo‘lgan va yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgani taxmin qilinmoqda.
Holat aks etgan videoda erkak qo‘lida non solingan paket bilan ketayotganda yuk mashinasi orqadan kelib uni urib yuborgani ko‘rinadi. Haydovchi qo‘lga olingan, marhumning iftorlik nonlari esa voqea joyida qolib ketgan.