Toshkentdagi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirgan erkak vafot etdi

Toshkentdagi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirgan erkak vafot etdi
  • 0
  • 09.12.2025 09:16:00
  • 1 min read

Toshkentning Olmazor tumanida 31 yoshli erkak 12-noyabr kuni burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Milliy” xabar berdi.
Marhum nafas olish muammosi sabab operatsiya qildirgan. Jarrohlik oldidan barcha tekshiruvlardan o‘tgan va shifokorlar ruxsat bergan. Biroq, operatsiya boshlangandan ko‘p o‘tmay bemor vafot etgan, yaqinlariga esa 3 soatdan keyin xabar berilgan. Marhumning yaqinlari unga narkoz ko‘p berilganini sabab sifatida aytishgan. 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim anafilaktik shok va yurak to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘lgan. 
Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News