Sud qaroridan norozi erkak daraxtga chiqdi

Sud qaroridan norozi erkak daraxtga chiqdi
  • 0
  • 02.04.2026 10:17:00
  • 1 min read

30-mart kuni Toshkentda 1979-yilda tug‘ilgan erkak o‘ziga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud qarorlaridan norozi ekanini bildirib, Oliy sud binosi yaqinidagi daraxtga chiqib oldi.
Fuqaro pastga tushirilgach, uning sog‘ligi tekshirildi va jarohat aniqlanmagan. Shundan so‘ng u Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov tomonidan qabul qilinib, murojaati rasmiy tartibda ko‘rib chiqishga yo‘naltirildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro 2020-yilda Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 

Oliy sud fuqarolar murojaatlarini qonuniy tartibda amalga oshirish va huquqiy madaniyatni oshirish zarurligini eslatdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News