
- 0
- 27.12.2025 14:15:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak Masjidul Haramdan o‘zini tashlagani aks etgan video tarqaldi. Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Makka shahridagi Masjidul Haramning yuqori qavatidan bir erkak erkak o‘z joniga qasd qilishga urinib, pastga sakraganini ma’lum qildi. Voqea vaqtida uni to‘xtatishga harakat qilgan xavfsizlik xodimi ham jarohat olgan. Hozirda har ikki shaxs shifoxonaga yotqizilgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Holat bo‘yicha zarur rasmiy va huquqiy choralar ko‘rilgan. Masjidul Haram bosh imomi shayx Abdurahmon as-Sudays ziyoratchilarni muqaddas maskan qoidalariga rioya qilishga chaqirdi. U Islomda inson hayotini asrash asosiy maqsadlardan biri ekanini ta’kidlab, “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamang”, degan oyatni eslatdi.