
- 1
- 07.01.2026 20:38:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol Toshkentda unga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak haqida aytib yig‘lagani va barchani ogohlikka chaqirgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur videodan so‘ng Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 6-yanvar kuni Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida noma’lum erkak 29 yoshli ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan va voqea joyidan yashiringan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi 1993-yilda tug‘ilgan erkak qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan 71-231-95-20 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilish so‘raldi.