
- 0
- 09.12.2025 15:22:00
- 1 min read
Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida 26 yoshli erkak o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani uchun qo‘lga olindi. Tezkor tadbirda u tanishlariga xonani 200 ming so‘mga berib kelgani aniqlangan. Shofirkon tuman sudi erkakni Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) bo‘yicha aybli deb topdi va unga 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m davlat hisobiga o‘tkazildi. Sud ayblanuvchining pushaymonligi va aybini tan olganini yengillik omili sifatida hisobga oldi.