Yangiyo‘lda itlarni go‘shti uchun o‘ldirgan erkak ushlandi

Yangiyo‘lda itlarni go‘shti uchun o‘ldirgan erkak ushlandi
  • 0
  • 09.01.2026 10:32:00
  • 1 min read

Avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida erkak o‘z itini go‘shti uchun o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, holat 2025-yil sentabr oyida “Sabo” mahallasida sodir bo‘lgan. Fuqaro ushlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirildi, dastlabki tergov harakatlari boshlandi.
Qonunchilikka ko‘ra, hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun 1,2–2 mln so‘mgacha jarima, takroran sodir etilsa esa 20 mln so‘mgacha jarima yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News