
- 0
- 29.01.2026 13:11:00
- 1 min read
Samarqand viloyatida tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2002-yilda tug‘ilgan shaxs shaxsiy nizo sabab Toshkentda yashovchi tanishini o‘ldirish uchun yollanma qotil izlagan. Tezkor tadbir davomida shartli qotil jalb etilib, gumonlanuvchi 2200 dollar evaziga qotillik buyurtmasi bergan. 27-yanvar kuni Samarqand shahrida gumonlanuvchi “murda”ning suratini olgach, 2000 dollarni topshirayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Keyinchalik ushbu jinoyatni tashkil etishda 1996-yilda tug‘ilgan MCHJ rahbari ham ishtirok etgani aniqlanib, u ham qo‘lga olindi. U qarindoshini o‘ldirishni buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.