
- 4
- 22.11.2024 15:45:00
- 1 min read
Avvalroq Sirdaryoda erkak ayolini kaltaklab sochini kal qilib olib tashlagani va erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandik. Erkak maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlab, umumiy roʻzgʻor asosida 2 ayol bilan yashab kelgan. Jabrlanuvchi ayol uning birinchi qonuniy turmush oʻrtogʻi, 5 nafar farzandining onasi boʻlgan. Erkak mast holatda telefon orqali begona erkaklar bilan yozishganini vaj qilib, ayolga ham ruhiy, ham jismoniy tazyiq o‘tkazib, uch kun davomida bog‘lab qo‘ygan va og‘ziga skotch o‘rab, uch kun och qoldirgan.
Sud erkakka ushbu qilmishi uchun 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.